Ish bilan ta'minlash siyosatini belgilash va amalga oshirish bo'yicha kelishilgan qarorlarni ishlab chiqish maqsadida respublika miqyosida va mahalliy darajalarda kasaba uyushmalarining, ish beruvchilar uyushmalari va davlat boshqaruvi idoralarining vakillaridan ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi muvofiqlashtirish qo'mitalari tuziladi. Kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning vakillari qo'mitalarning tarkibiga teng miqdorda kiritiladi.
Muvofiqlashtirish qo'mitalarini tashkil etish va ularning ish tartibini qo'mitalarda vakillik qiluvchi tomonlar belgilaydi.
Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi muvofiqlashtirish qo'mitasining faoliyatini respublika darajasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi, mahalliy darajada esa xalq deputatlari tegishli Sovetlari uyushtiradi.
lex.uz’dagi asl matn«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun
18-modda. Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi muvofiqlashtirish qo'mitalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.