Закон «Об автомобильном транспорте»

19-modda. Mijozning huquqlari

(19-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Mijoz quyidagi huquqlarga ega: tashuvchi to'g'risida zarur bo'lgan axborotni olish; tashuvchini erkin tanlash va tashish uchun shartnoma tuzish; qoidalarda yoki tashish shartnomasida belgilangan tarzda tashuvchi tomonidan o'z vaqtida va sifatli xizmat ko'rsatilishidan bahramand bo'lish; tashish tufayli yetkazilgan ziyonni va ma'naviy zararni qonunchilikka muvofiq to'lattirish va qoplattirish; tashish shartnomasida ko'rsatib o'tilgan shartlar tashuvchi tomonidan buzilgan taqdirda xizmatlar ko'rsatilishidan voz kechish; o'z huquqlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish. Yo'lovchilar tashish chog'ida yo'lovchi quyidagi huquqlarga ham ega: yo'lovchilar tashish uchun ochiq bo'lgan har qanday yo'nalishga chipta sotib olish, chiptada belgilangan joyni egallash; shahar va shahar atrofi yo'nalishlaridagi avtobuslarda yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni o'zi bilan bepul olib yurish; shaharlararo va xalqaro yo'nalishlardagi avtobusda besh yoshgacha bo'lgan bir bolani alohida joy berilmagan holda bepul olib yurish, besh yoshdan o'n yoshgacha bo'lgan bola uchun alohida joy berilgan holda chipta to'liq qiymatining 50 foizini to'lab chipta sotib olish va o'n yoshgacha bo'lgan ikki yoki undan ortiq bola olib yurilganda ulardan biri bepul olib yuriladi, qolganlari uchun — alohida joy berilgan holda chipta to'liq qiymatining 50 foizini to'lab chipta sotib olinadi; shahar va shahar atrofi yo'nalishlarida yigirma kilogrammdan oshmaydigan og'irlikdagi bagajni, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlarda — belgilangan o'lchamlardagi bagajning bir o'rnini o'zi bilan bepul, ko'rsatib o'tilgan normalardagidan ortiqcha bagajni esa — haq evaziga olib yurish; tashish boshlanmasidan oldin chiptani topshirish va uning uchun to'langan summani qaytarib olish. To'langan summaning tashuvchi tomonidan qaytarilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi; yo'lovchilarni tashuvchi reyslar kechikkan yoki bekor qilingan taqdirda yetkazilgan ziyonni va ma'naviy zararni qonunchilikka muvofiq to'lattirish va qoplattirish. Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi va to'rtinchi xatboshilarida berilgan imtiyozlarni tatbiq qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashuvchining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.