Закон «Об автомобильном транспорте»

10-modda. Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organining asosiy vakolatlari

(10-модда биринчи қисмининг ўнинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat: avtomobilda tashishlarni tashkil etish va takomillashtirishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqish; avtomobil transportini rivojlantirish milliy dasturlari kontseptsiyasini ishlab chiqish; respublika va aholining tashishlarga bo'lgan davlat ehtiyojlari istiqbolini ishlab chiqish; avtomobil transporti sohasida yagona investitsiya, ilmiy-texnika va ijtimoiy siyosatni shakllantirish va yuritish; avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga ko'maklashish; yo'lovchilar, bagaj va yuklar tashishni litsenziyalashni tashkil etish va takomillashtirish; tashuvchilar va mijozlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish; kadrlarni o'qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; avtomobil transporti to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish; avtomobil transporti sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.