O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag'batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg'armasi to'g'risidagi nizomni qayta ko'rib chiqsin va yangi tahrirda tasdiqlasin;
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda, «Elektron hukumat» tizimining ma'lumotlar tizimi hamda markaziy ma'lumotlar bazasi bilan, ma'lumotlardan foydalanish imkoniyati toifalarini saqlagan holda, avtomototransport vositalarining ro'yxatdan o'tganlik guvohnomalarini hisobga olish reyestrini yuritish bo'yicha dasturiy ta'minotni bosqichma-bosqich integratsiyalashtirishning yanada oshirilishini ta'minlasin;
YHXX va hududiy boshqarmalarni ikki oy muddatda, avtotransport vositalari uchun oshirilgan to'lov stavkalari bo'yicha auktsionga qo'yilgan ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilari to'g'risidagi ma'lumotlarni yoritish uchun katta formatdagi interaktiv ekranlar bilan jihozlasin;
ushbu qarorni bajarish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag'batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg'armasi hisobidan amalga oshirsin;
O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda, mazkur qarorning talablarini avtomototransport vositalari egalari va aholiga, ular o'rtasida tushuntirish ishlari olib borgan holda, shu jumladan teleradiokanallarda videorolik hamda harakatlanuvchi satrlarni tashkil etish yo'li bilan yetkazsin.
lex.uz’dagi asl matnПравила государственной регистрации автомототранспортных средств (ПКМ №683, 2017)
Q4-band. Q4-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.