Rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasiga asosan O'zbekiston Respublikasi hududidan avtomototransport vositasi tovar sifatida chetga chiqarilganda avtomototransport vositasini hisobdan chiqarish quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi;
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi;
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi;
avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida guvohnoma.
Avtomototransport vositasi uning chet davlat hududiga chiqarilganligi munosabati bilan hisobdan chiqarilganda, oldingi RO'DRB DYHXX organlari tomonidan vaqtinchalik (bir martalik qog'ozli tranzit) yo'l harakatida ishtirok etish uchun ruxsat etilgan avtomototransport vositalari uchun RO'DRBga almashtiriladi, avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma bilan birga hisobdan chiqarishning sabablari, belgilangan manzil va hisobdan chiqarish sanasi to'g'risidagi ma'lumotnoma taqdim etiladi.
O'zbekiston Respublikasiga vaqtinchalik olib kelingan xalqaro avtotransport vositalarini ularning O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib ketilishi munosabati bilan hisobdan chiqarganda arizachilarga avtomototransport vositasini hisobdan chiqarganlik to'g'risidagi belgi bilan avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma beriladi, shuningdek chet davlatlarning ro'yxatdan o'tgan avtomototransport vositalarining RO'DRBlari qaytarib beriladi, ular mavjud bo'lmaganda — vaqtinchalik (bir martalik qog'ozli tranzit) yo'l harakatida ishtirok etish uchun ruxsat etilgan avtomototransport vositalari uchun RO'DRBlar beriladi.
lex.uz’dagi asl matnПравила государственной регистрации автомототранспортных средств (ПКМ №683, 2017)
58-band. 7-bob. Avtomototransport vositalarini hisobdan chiqarish — 58-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.