YHXX va uning hududiy boshqarmalarida quyidagi transport vositalari davlat ro'yxatidan o'tkaziladi:
dvigatelining ish hajmi 50 sm³ va undan oshadigan, konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometr va undan oshadigan avtotransport vositalari, shuningdek, elektrodvigatelining quvvati 4 kilovatt va undan oshadigan, konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometr va undan oshadigan transport vositalari — avtomobil, elektromobillar va gibrid avtomobillar sifatida;
dvigatelining ish hajmi 50 sm³ va undan oshadigan, konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometr va undan oshadigan yon tirkamasiz yoki yon tirkamali (kajavali) ikki yoki uch (to'rt) g'ildirakli mototsikllar va ularga tenglashtirilgan transport vositalari — mototsikl sifatida;
elektrodvigatelining quvvati 4 kilovatt va undan oshadigan, konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometr va undan oshadigan yon tirkamasiz yoki yon tirkamali (kajavali) ikki yoxud uch (to'rt) g'ildirakli elektromototsikllar va ularga tenglashtirilgan transport vositalari — elektromototsikl sifatida;
dvigatelining ish hajmi 25 sm³ va undan ortiq, lekin 50 sm³dan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch (to'rt) g'ildirakli mopedlar va ularga tenglashtirilgan transport vositalari — moped sifatida;
elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan ortiq, biroq 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch (to'rt) g'ildirakli skuterlar va ularga tenglashtirilgan transport vositalari — skuter sifatida;
konlarda, shaxta va karyerlarda qo'llaniladigan maxsus transport vositalari;
tirkama va yarim tirkamalar.
«antikvar» transport vositalari.
Avtomototransport vositalarining tuzilmasi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasidagi me'yor talablariga mos kelishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnПравила государственной регистрации автомототранспортных средств (ПКМ №683, 2017)
4-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 4-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.