Ro'yxatdan o'tkazish harakatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat xavfsizligi xizmati yo'l harakati xavfsizligi boshqarmalarining ro'yxatdan o'tkazish va imtihon olish bo'linmalari (keyingi o'rinlarda — YHXX va uning hududiy boshqarmalari) tomonidan amalga oshiriladi.
Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish va ularga davlat raqami belgilarini berish Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida bittadan ro'yxatdan o'tkazish va imtihon olish bo'linmalarida eksterritoriallik tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Bunda avtomototransport vositasi fuqaroning yashash joyi bo'yicha manzili yoki yuridik shaxsning ro'yxatga olingan manzili bo'yicha ro'yxatdan o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matnПравила государственной регистрации автомототранспортных средств (ПКМ №683, 2017)
3-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 3-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.