Правила государственной регистрации автомототранспортных средств (ПКМ №683, 2017)

23-band. 2-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish — 23-band

Avtomototransport vositalari davlat ro'yxatidan o'tkazilganda uning egalariga hududiy boshqarmalari tomonidan RO'DRB va avtomototransport vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazganlik to'g'risida guvohnoma besh yil muddatga beriladi. Ilgari berilgan avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazganlik to'g'risidagi guvohnoma va RO'DRB, shuningdek chet el hujjatlari va ro'yxatdan o'tish raqamli belgilari olib qo'yiladi (ular mavjud bo'lganda). Bunda avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomaning 5-bandi (manzili) to'ldirilmaydi, shuningdek 6-bandiga berilgan sanasi hamda amal qilish muddati kiritiladi. Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan avtomototransport vositalarining RO'DRB va avtomototransport vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazganlik to'g'risidagi guvohnomalar egalariga ularning shaxsini identifikatsiya qilish (barmoq izlarini skaner qilish va boshqalar) yo'li bilan topshiriladi va elektron qayd etiladi. Avtomototransport vositasi egasining yashash (turar) joyi o'zgarganligi munosabati bilan avtomototransport vositasining davlat ro'yxatini amalga oshirgan YHXX va uning hududiy boshqarmalari mustaqil ravishda ushbu avtomototransport vositasini hisobdan chiqarishni bu haqdagi tegishli ma'lumotni ro'yxatdan o'tgan avtomototransport vositalarining Yagona ma'lumotlar bazasiga kiritish yo'li bilan amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.