Правила государственной регистрации автомототранспортных средств (ПКМ №683, 2017)

18-band. 2-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish — 18-band

Avtomototransport vositasiga bo'lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarga quyidagilar kiradi: merosga bo'lgan huquq yoki mulkiy huquqlar to'g'risida notarius tomonidan berilgan guvohnoma; sudning qonuniy kuchga kirgan qarori; notarius tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to'g'risida shartnoma (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta va boshqalar); distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan realizatsiya qilingan yangi va ilgari foydalanishda bo'lgan avtomototransport vositalariga, shu jumladan, «TRADE-IN» va «TRADE-UP» dasturlari bo'yicha avtomototransport vositalariga beriladigan elektron hisob-ma'lumotnoma; distribyutor yoki diler tashkiloti bilan tuzilgan ilgari foydalanishda bo'lgan avtomototransport vositasi oldi-sotdi shartnomasi, shu jumladan, «TRADE-IN» va «TRADE-UP» dasturlari bo'yicha tuzilgan ilgari foydalanishda bo'lgan avtomototransport vositasi oldi-sotdi shartnomasi; O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi «Elektron onlayn auktsionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilgan auktsionlarda avtomototransport vositalariga ega bo'lishni tasdiqlovchi auktsion natijalari to'g'risidagi bayonnoma; yuqori turuvchi davlat organining avtomototransport vositasini bir tizim ichida tekinga berish to'g'risidagi qarori (buyrug'i, farmoyishi); yuridik shaxsning yuqori turuvchi boshqaruv organining yuridik shaxsning ustav jamg'armasiga (ustav kapitaliga) avtomototransport vositasini kiritish to'g'risida yoki shu yuridik shaxsning ishtirokchisiga (ta'sischi, a'zo) yuridik shaxsning avtomototransport vositasini dividend sifatida to'lash to'g'risidagi qarori (ishtirokchilar (ta'sischilar, a'zolar) umumiy yig'ilishining bayonnomasi, yoki yagona ishtirokchining qarori); davlat bojxona xizmati organi tomonidan berilgan yuk bojxona deklaratsiyasi; shaxsning avtomototransport vositasini ommaviy o'yinda (lotereyada) yutganligini tasdiqlovchi hujjat; davlat organining transport vositasini mukofot (hadya) sifatida taqdim etganligi to'g'risidagi qarorining nusxasi; ishlab chiqaruvchi va distribyutor yoki diler tashkiloti, shuningdek, distribyutor va diler tashkilotlari o'rtasida avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi va topshirish-qabul qilish dalolatnomasi; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjat.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.