Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish hududiy DYHXX organlari tomondan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ro'yxatdan o'tkazilmagan yangi avtomototransport vositasi olinganda;
b) O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kiritilgan avtomototransport vositalari va ular tirkamalari va yarim tirkamalarining erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida bojxona ro'yxatidan o'tkazishda;
v) ilgari YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ro'yxatdan o'tgan avtomototransport vositasining egasi o'zgarganda;
g) avtomototransport vositasining ro'yxatdan o'tgan joyini o'zgartirishni talab qiluvchi, avtomototransport vositasi egasining yashash (turar) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o'zgargan holatlarda.
lex.uz’dagi asl matnПравила государственной регистрации автомототранспортных средств (ПКМ №683, 2017)
12-band. 2-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish — 12-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.