Правила государственной регистрации автомототранспортных средств (ПКМ №683, 2017)

11¹⁹-band. 1²-bob. Avtomototransport vositalarini sotish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarga login-parollarni rasmiylashtirish, shuningdek, avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun elektron shakldagi hisob-ma'lumotnomalarini berish tartibi — 11¹⁹-band

«Oq yoʻl» platformasidagi «Hisob ma'lumotnomalari» moduliga o'tib, avtomototransport vositasi va xaridor to'g'risidagi quyidagi ma'lumotlarni kiritadi: a) xaridor to'g'risidagi ma'lumotlar: yuridik shaxslar uchun: yuridik shaxsning nomi, STIR, manzili; jismoniy shaxslar uchun: xaridorning F.I.O., pasport (ID karta) seriyasi va raqami, JShShIR raqami hamda manzili; b) avtomototransport vositasining sotilgan sanasi; v) avtomototransport vositasi to'g'risidagi ma'lumotlar: rusumi; modeli; turi; kuzov turi; VIN-kodi; dvigatel raqami; dvigatel quvvati (ot kuchi, vatt); kuzov raqami; shassi raqami; rangi; yonilg'i turi; to'la vazni; yuksiz vazni; g) ekologik sinfi; d) ishlab chiqaruvchi, distribyutor yoki diler tashkiloti to'g'risidagi ma'lumotlar: nomi; STIR; faoliyat turi; manzili; rahbarining F.I.O.; telefon raqami; ye) bojxona organlari tomonidan berilgan yuk bojxona deklaratsiyalari tartib raqamini (chet elda ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalari uchun).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.