Advokat o'z professional faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etishi, o'ziga yuridik yordam so'rab murojaat etgan jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari hamda usullaridan foydalanishi shart.
Advokat muayyan ish bo'yicha yuridik yordam ko'rsatayotgan yoki ilgari yuridik yordam ko'rsatgan shaxslarning manfaatlari ishni olib borishni so'rab murojaat etgan shaxsning manfaatlariga zid kelgan yoki u sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruv o'tkazuvchi shaxs, jamoat ayblovchisi, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, jabrlanuvchining, fuqaroviy da'vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili, guvoh, xolis, tarjimon sifatida ishtirok etgan hollarda, shuningdek agar ishni surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida tergov qilishda yoxud sudda advokatning qarindoshi bo'lgan mansabdor shaxs ishtirok etgan yoki ishtirok etayotgan bo'lsa, xuddi shuningdek agar advokat bevosita yoki bilvosita shu ishdan shaxsan manfaatdor bo'lsa bu hol unga ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) manfaatlariga zid kelsa, yuridik yordam ko'rsatish to'g'risidagi topshiriqni qabul qilishga haqli emas.
Advokat qaysi shaxsning manfaatlarini himoya qilish topshirig'ini olgan bo'lsa, o'z vakolatlaridan shu shaxsning zarariga foydalanishga hamda gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini himoya qilishdan bosh tortishga, agar uni bundan ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) o'zi ozod etmasa, haqli emas.
Advokat o'z bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi, Advokatlar palatasi tomonidan belgilangan tartibda uch yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi shart.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish uchun tanlangan advokat fuqaroning to'lovga qobiliyatsizligini vaj qilib, unga yuridik yordam ko'rsatishdan bosh tortishga haqli emas.
Advokat davlat xizmatida turishi mumkin emas.
Jismoniy va yuridik shaxslar nomidan pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog'liq bitimlar tayyorlanganda hamda amalga oshirilganda advokatlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog'liq axborotni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn«Advokatura to'g'risida»gi qonun
7-modda. Advokatning vazifalari
(7-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-915-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.02.2024 й., 03/24/915/0160-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.