«Advokatura to'g'risida»gi qonun

-modda. Advokat maqomiga ega bo'lish

(3¹-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

Litsenziya Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi. Advokat maqomiga ega bo'lishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay'atida, yuridik maslahatxonada) kamida uch oy muddat stajirovka o'tashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart. Davlat organlari, xo'jalik boshqaruvi organlari, davlat muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik bo'yicha ish stajiga ega bo'lgan shaxs advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o'tmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli. Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida olti oydan keyin qo'yiladi. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun tegishli adliya organiga uch oy ichida murojaat qilishi kerak. Bu muddatni o'tkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun adliya organiga malaka imtihonini takroran topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin. Advokatlik faoliyatini litsenziyalash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Belgilangan tartibda litsenziya olgan talabgor uch oy ichida advokat qasamyodini qabul qilishi va yakka tartibda yoki litsenziyaga ega bo'lgan boshqa shaxslar bilan birgalikda advokatlik tuzilmasini tuzishi yoxud faoliyat ko'rsatayotgan advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishi shart. Talabgorga advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi ro'yxatdan o'tkazilgan yoki talabgorning faoliyat ko'rsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar adliya organi tomonidan olingan paytdan e'tiboran ikki ish kuni ichida beriladi. Talabgor advokatlik guvohnomasi berilgan kundan e'tiboran advokat maqomini oladi, Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi adliya organi tomonidan bu haqda uch kunlik muddatda xabardor qilinadi. Shunday xabarnoma olingan paytdan e'tiboran advokat Advokatlar palatasining a'zosi bo'ladi. Advokatlik guvohnomasining shakli va uni berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.