Rules for carriage of passengers and baggage by road (Cabinet Resolution No. 482, 2003)

I2-67²-band. IX. Umumiy foydalaniladigan yo'nalishlarni ochish, yopish va vaqtincha to'xtatib turish — I2-67²-band

Vakolatli organlar tomonidan mavjud yo'nalishni ochish, o'zgartirish yoki yopish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishda quyidagilar e'tiborga olinadi: a) yo'nalishlar tarmog'ida olib borilgan o'rganishlar asosida mavjud yo'nalishlarni optimallashtirish zarurati; b) avtomobil yo'llari, ko'chalar, sun'iy inshootlar, temir yo'l kesishmalari, yo'llarni tartibga solish elementlarining ekspluatatsiya holati va texnik xizmat ko'rsatish darajasining yo'l harakati xavfsizligi va yo'lovchilar harakati talablariga mosligi (mos kelmasligi); v) Transport vazirligining tegishli hududiy boshqarmalari hamda tashuvchilar tomonidan o'rganishlar asosida aniqlangan va vakolatli organning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan barqaror yo'lovchi oqimining mavjudligi (yo'qligi); g) yo'nalishlarda yo'l harakati xavfsizligini va yo'lovchilar harakatini ta'minlash, shuningdek yo'l harakati sharoitlarini yaxshilash va yo'l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko'rish imkoniyati mavjudligi (mavjud emasligi); d) bir-birini takrorlovli yo'nalishlarning mavjudligi (mavjud emasligi). Yo'nalishlarning harakatlanish jadvalini (jadvallarini) ishlab chiqish va o'zgartirish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishda yo'nalish bo'yicha aniqlangan va vakolatli organning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan yo'lovchi oqimini hisobga olinadi. Yo'nalishga qo'yilgan avtobuslarning umumiy sig'imi yo'nalishdagi umumiy yo'lovchilar oqimidan kam bo'lmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.