Shaharlararo va xalqaro yo'nalishlarda, agar o'zgacha hol tomonlarning kelishuvida qayd etilmagan va chiptalarni sotishda e'lon qilinmagan bo'lsa:
a) chipta sotib olingan avtotransport vositasiga uning jo'nash vaqtidan boshlab uch soat atrofida, kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida esa — uch sutka mobaynida kechikilganda yo'lovchining xohishiga ko'ra avtobusda yurish hujjati chipta bahosining 25 foizini qo'shimcha ravishda to'latgan holda tiklanadi yoki unga chiptaning to'langan bahosi 25 foiz chegirilgan holda qaytarib beriladi.
Yo'lovchining avtobusga kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida kechikkanligi davolash muassasasining ma'lumotnomasi yoki baxtsiz hodisa to'g'risidagi dalolatnoma bilan tasdiqlanishi kerak;
b) chipta avtovokzal (avtostantsiya) kassasiga avtotransport vositasi jo'nashidan kechi bilan 2 soat oldin qaytarilgan taqdirda, yo'lovchiga chipta bahosi uning oldindan sotish to'lovi chegirilgan holda qaytariladi. Chipta ushbu muddatdan kech, biroq avtotranport vositasi jo'nashidan oldin qaytarib berilganda, chipta bahosi uning qiymatining 15 foizi va oldindan sotilganligi uchun to'lov chegirib tashlangan holda qaytariladi;
v) avtotransport vositasining jo'nashi jadvalga nisbatan 1 soatdan ortiqqa kechikkanda, yo'lovchiga chipta sotilganidan pastroq yuqori klassli avtotransport vositasidan joy berilganda, shuningdek unga chiptada ko'rsatilgan joy berilmaganda u chiptani avtotransport vositasi jo'nagungacha kassaga qaytarib berish va chiptaning to'liq bahosini, shu jumladan uning oldindan sotilganligi uchun to'lovni qaytarib olish huquqiga ega.
Yo'lovchi pastroq klassli avtotransport vositasida ketishga rozi bo'lganda unga to'langan summa bilan to'lanadigan yo'l haqi o'rtasidagi farq summasi qaytarib beriladi.
Pullar avtovokzal (avtostantsiya), avtotransport vositalarini jo'natish punkti boshlig'i (yoki navbatchisi) ko'rsatmasiga binoan qaytarib beriladi. Chipta uning teskari tomoniga «qaytarish» shtampi qo'yilgan holda qaytariladi hamda yo'lovchi uni topshirgan vaqt va qaytarilgan chiptaning qiymati ko'rsatiladi.
Pullar kassir tomonidan, chiptalarni qabul qilib olish va pullarni qaytarib berish vedomostidagi yo'lovchi imzosi bilan beriladi, vedomostda qatnovning sanasi, tartib raqami, yo'nalish nomi, chiptaning raqami va bahosi ko'rsatiladi.
Qaytarib berilgan chipta va pullarni qaytarib berishga asos bo'lgan boshqa hujjatlar (oldindan sotilganligi uchun to'lov kvitantsiyasi, bagaj chiptasi va hokazolar) vedomost bilan birga kassir hisobotiga ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnRules for carriage of passengers and baggage by road (Cabinet Resolution No. 482, 2003)
62-band. 3-§. Avtotransportda yurish shartlari — 62-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.