Avtovokzal (avtostantsiya)ning navbatchi dispetcheri haydovchi hujjatlarini tegishlicha tekshirgandan keyin:
a) quyidagilarga:
kassirlarga — transport vositasiga chiptalar sotish to'g'risida;
diktorga — yo'lovchilarga zarur axborotlarni xabar qilish to'g'risida;
supacha bo'yicha navbatchilarga — yo'lovchilarni chiqarish uchun joylarni tayyorlash to'g'risida ko'rsatma berishi;
b) maxsus qatnov yo'nalishi, jo'natilayotgan yo'lovchilar soni va qatnovga chiptalar sotishdan jami tushum summasini ko'rsatgan holda daftarda haydovchi(lar) va avtotransport vositasi to'g'risidagi ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazishi shart.
lex.uz’dagi asl matnRules for carriage of passengers and baggage by road (Cabinet Resolution No. 482, 2003)
57-band. 3-§. Avtotransportda yurish shartlari — 57-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.