Shahar yo'lovchilar tashish transporti yo'nalishlari quyidagi turlarga bo'linadi:
a) shahardagi oddiy, tezkor, ekspress va tig'iz paytlardagi qo'shimcha yo'nalishlar;
b) shahar chetidan 5 kmgacha yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharlarning transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejalariga muvofiq ko'pi bilan 12 kmgacha chetga chiquvchi shahar avtobus yo'nalishlari;
v) yo'nalishli taksilar.
Shahardagi yo'nalishlar shahar (shaharcha)dagi turar joy va sanoat hududlarini madaniy-maishiy va sport-sog'lomlashtirish tashkilotlari, vokzallar, aeroportlar, avtostantsiyalar, metro stantsiyalari, temir yo'l platformalari, pristanlar va shu kabilar bilan transport aloqasini ta'minlashi kerak.
lex.uz’dagi asl matnRules for carriage of passengers and baggage by road (Cabinet Resolution No. 482, 2003)
23-band. 1-§. Umumiy qoidalar — 23-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.