Har bir yangidan ochiladigan va foydalaniladigan yo'nalishlar uchun yo'nalish pasporti yo'nalishning tegishliligi bo'yicha Transport vazirligi yoki uning hududiy bo'linmalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi (shu jumladan elektron tarzda) hamda unda quyidagilar bo'ladi.
a) yo'nalishning asosiy ko'rsatkichlari bilan birga titul varaqasi;
b) yo'nalish sxemasi (sxemada to'xtab o'tish manzillari, harakatlanish uchun xavfli bo'lgan yo'l uchastkalari, temir yo'lni kesib o'tish joylari, kesishgan yo'l ustidan o'tkazilgan ko'ndalang yo'llar va shu kabilar ko'rsatiladi). Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo'nalishlar sxemalarida, bundan tashqari, dam olish joylari, ovqatlanish shoxobchalari ko'rsatiladi;
v) masofani o'lchash protokoli va avtotransport vositasining harakatlanish vaqti xronometraji;
g) avtotransport vositasining yo'nalish bo'yicha harakatlanish jadvali;
d) yo'l haqi tariflari.
lex.uz’dagi asl matnRules for carriage of passengers and baggage by road (Cabinet Resolution No. 482, 2003)
10-band. 2-§. Tashishlarning turlari va ularni tashkil etish — 10-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.