«Ta'sir oralig'i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko'rsatkich belgilarining ta'sir oralig'ini ko'rsatadi.
7.2.2 — 7.2.6. «Ta'sir oralig'i».
7.2.2 — 3.27 — 3.30 taqiqlovchi belgilarining ta'siri saqlangan oraliqni ko'rsatadi.
7.2.3 — 3.27 — 3.30 taqiqlovchi belgilarining ta'sir oralig'i oxirini ko'rsatadi.
7.2.4 — haydovchilarga ularning 3.27 — 3.30 yo'l belgilari ta'sir doirasida ekanliklari haqida axborot beradi.
7.2.5, 7.2.6 — maydon, binolar oldi va shunga o'xshash joylar chetida to'xtash va to'xtab turish taqiqlanganda 3.27 — 3.30 belgilarining ta'sir oralig'i va yo'nalishini ko'rsatadi.
7.3.1 — 7.3.3. «Ta'sir yo'nalishlari». Chorraha oldida o'rnatilgan belgilarning ta'sir yo'nalishini yoki bevosita yo'l yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi.
7.4.1 — 7.4.10. «Transport vositasining turi». Belgining ta'siri joriy etilgan transport vositalari turini ko'rsatadi.
7.4.1 belgi bilan o'rnatilgan yo'l belgisining ta'siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan transport vositalariga, 7.4.3 belgi bilan o'rnatilgan yo'l belgisining ta'siri yengil avtomobillarga, 7.4.9 elektromobillarga, 7.4.10 yo'nalishsiz taksilarga, shuningdek, to'liq vazni 3,5 tonnagacha bo'lgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matnRoad Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)
I2-7.2.1-band. 7. Qo'shimcha axborot belgilari — I2-7.2.1-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.