«Turizm ob'yektlari yo'nalish ko'rsatgichi» Turizm ob'yektlari joylashgan manzillarga harakatlanish yo'nalishlarini bildiradi. Belgilarda manzillargacha bo'lgan masofa (km) ko'rsatilishi, temir yo'l vokzallari, aeroportlar va boshqa turizm ob'yektlari ramziy belgilari tasvirlangan bo'lishi mumkin.
5.47.1 «Turizm ob'yektlari».
5.47.2 «Turizm axborot markazi».
Aholi punktlaridan tashqarida o'rnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yo'l belgilaridagi yashil yoki ko'k rang ko'rsatilgan aholi punktiga yoki ob'yektga avtomagistral yoxud boshqa yo'l orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi.
Oq rang ko'rsatilgan ob'yekt ushbu aholi punktida joylashganini anglatadi.
Aholi punktida o'rnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yo'l belgilaridagi yashil, ko'k rang ko'rsatilgan aholi punktiga yoki ob'yektga ushbu aholi punktidan chiqqandan so'ng avtomagistral yoxud boshqa yo'l orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa ko'rsatilgan ob'yekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi.
lex.uz’dagi asl matnRoad Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)
I2-5.47-band. 5. Axborot-ko'rsatgich belgilari — I2-5.47-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.