«Tavsiya etilgan tezlik». Yo'lning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini bildiradi. Belgiga eng yaqin chorrahagacha amal qilinadi. 5.18 belgisi ogohlantiruvchi belgi bilan birga qo'llansa, uning ta'sir oralig'i xavfli qismning uzunligi bilan aniqlanadi. 5.48 yo'l belgisi o'rnatilgan ko'cha va yo'llarda o'rnatilishi lozimligini bildiradi.
5.19.1 — 5.19.4. «Oxiri berk yo'l». Yo'lning ko'rsatilgan yo'nalishda oxiri berkligini bildiradi.
5.20.1, 5.20.2. «Yo'nalishlarning dastlabki ko'rsatkichi». Belgida ko'rsatilgan aholi punkti va boshqa manzillarga harakatlanish yo'nalishini bildiradi. Belgida 5.29.1 belgisining hamda avtomagistral, aeroport va boshqa ramziy belgilar tasviri tushirilgan bo'lishi mumkin. 5.20.1 belgisida harakatlanish tartibining xususiyatlari to'g'risida axborot beruvchi boshqa belgilarning tasviri ham tushgan bo'lishi mumkin. 5.20.1 belgisining past qismida belgi o'rnatilgan joydan chorrahagacha bo'lgan masofa ko'rsatiladi. 5.20.1 belgisi yo'lning 3.11 — 3.15 taqiqlovchi belgilaridan biri o'rnatilgan qismlarini aylanib o'tish yo'nalishini ko'rsatish uchun ham qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnRoad Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)
I2-5.18-band. 5. Axborot-ko'rsatgich belgilari — I2-5.18-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.