Ekologik zona hududida «o'rta» va «zararli» ekologik toifalarga ega avtotransport vositalari harakatlanishi taqiqlangan.
3.35 belgisi ekologik zona hududiga kirishdan 150 — 300 metr oldin o'rnatiladi.
3.1 — 3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarga amal qilish yo'nalishli transport vositalariga, 3.2 — 3.8 belgilari ta'sir oralig'ida joylashgan korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, ushbu belgilar ta'sir oralig'ida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli bo'lgan transport vositalariga ta'sir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
3.27. belgisi yo'nalishsiz yengil taksilarga yo'lovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida ta'sir qilmaydi;
Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan «Nogiron» tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarni, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarini boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi bo'lganda 3.27 belgisining ta'sir doirasida to'xtashga ruxsat etiladi.
3.28 — 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.
3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta'siri belgi o'rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo'lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta'siri qiladi.
Yondosh hududlardan yo'lga chiqish joylarida yoki yo'lning dala, o'rmon yo'llari va boshqa doimiy harakatlanish, o'tib ketish uchun mo'ljallanmagan yo'llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, bu belgilarning ta'siri yo'qolmaydi.
Aholi punktlariga yetmasdan o'rnatilgan 3.24 belgisining ta'siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.
Belgilarning ta'sir doirasi aniqlashtirilishi mumkin:
3.16 va 3.26 belgilari uchun 7.2.1 qo'shimcha axborot belgisi bilan;
3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qo'shimcha axborot belgisi orqali;
3.24 belgisining ta'sir oralig'i undan keyin boshqa eng yuqori harakatlanish tezligi ko'rsatilgan 3.24 belgisini o'rnatish bilan;
3.27 — 3.30 belgilarining amal qilish oralig'i oxiriga 3.27 — 3.30 belgilari 7.2.3 qo'shimcha axborot belgisi bilan birga takror o'rnatiladi yoki 7.2.2 qo'shimcha axborot belgisi bilan qo'llaniladi.
3.27 belgisi 1.4 yotiq chizig'i bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizig'i bilan birgalikda qo'llanishi mumkin, bunda belgilarning ta'sir hududi yo'l chizig'i uzunligi bilan aniqlanadi.
3.10, 3.27 — 3.30 belgilari yo'lning qaysi tomonida o'rnatilgan bo'lsa, ularning ta'siri faqat o'sha tomonga amal qilinadi.
Buyuruvchi belgilar muayyan harakatlanish tartibini belgilaydi yoki bekor qiladi.
lex.uz’dagi asl matnRoad Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)
I2-3.35-band. 3. Taqiqlovchi belgilar — I2-3.35-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.