Quyidagilarda to'xtash taqiqlanadi:
tramvay yo'llarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan hollarda;
temir yo'l kesishmalarida;
tunnellarda;
bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yo'l o'tkazgich va estakadalarning ustida;
ko'prik, yo'l o'tkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan to'xtab turish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno);
boshqa transport vositalarining harakatlanishiga to'sqinlik qilgan holda yo'lning qatnov qismlarida;
to'xtagan transport vositasi bilan bo'ylama sidirg'a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo'lgan joylarda;
piyodalar o'tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda;
velosiped yo'lkasi bilan kesishuvda va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda;
velosipedchilar uchun tasmada (odam tushirish va odam mindirish bundan mustasno);
qatnov qismida ko'rinish masofasi 100 metrdan kam bo'lgan yo'l do'ngliklari yaqinida va xavfli burilishlarda;
qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo'lning sidirg'a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari to'xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig'i bilan belgilangan, ular bo'lmaganda esa yo'nalishli transport vositalari to'xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo'nalishi bo'ylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada (yo'nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to'xtash bundan mustasno);
transport vositasi svetofor ishoralari, yo'l belgilarini boshqa haydovchilardan to'sib qo'yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;
transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o'tib;
3.27 yo'l belgisi yoki 1.4 yo'l chizig'i ta'siri oralig'ida.
5.15 va 7.17 yo'l belgilari yoki 1.24 yo'l chizig'ining birgalikdagi ta'siri oralig'ida, nogironligi bo'lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnRoad Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)
91-band. 13-bob. To'xtash va to'xtab turish — 91-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.