Transport vositalarini yo'lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yo'l harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda, kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo'yishga ruxsat etiladi.
Qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yo'l harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan boshqacha tartibda qo'yishga ham ruxsat etiladi.
Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar, skuterlar, kichik hajmdagi mototransport vositalari, velosipedlar va individual harakatlanish vositalariga to'xtab turishga 5.15 yo'l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo'shimcha axborot belgilaridan biri o'rnatilgan joylarda ruxsat etiladi.
lex.uz’dagi asl matnRoad Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)
89-band. 13-bob. To'xtash va to'xtab turish — 89-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.