Road Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)

7-band. 2-bob. Haydovchilarning umumiy vazifalari — 7-band

Mexanik transport vositasining haydovchisi quyidagi hujjatlarni yonida olib yurishi va IIO xodimlari talab qilganda ularga tekshirish uchun berishi shart: tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini, uning talonini (eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi bo'lsa), haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda olib qo'yilgan hollarda vaqtincha ruxsatnomani; vaqtincha ruxsatnoma bilan transport vositasini boshqarishda haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni; transport vositasini, mavjud bo'lganda tirkamani ro'yxatdan o'tkazish haqidagi guvohnomani; transport vositasining egasi bo'lmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini yoki tasarruf etish huquqini beruvchi, egalik qilishga va foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha haydovchilar soni cheklangan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sug'urta polisida ko'rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar), shuningdek, haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sug'urta polisi mavjud bo'lganda transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) bundan mustasno; transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisini (elektron ko'rinishda ham bo'lishi mumkin). «Nogironligi bo'lgan shaxs» taniqli belgisi o'rnatilgan transport vositasini birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo'lgan shaxs boshqarayotganda nogironligini tasdiqlovchi hujjatni; qonunchilik hujjatlarida ko'zda tutilgan hollarda litsenziya guvohnomasini, yuridik shaxs tomonidan berilgan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani yoki yo'l varaqasini, tashilayotgan yuk hujjatlarini; yuridik shaxslar transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan yo'lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan o'tganligi to'g'risidagi sertifikati. Xorijiy avtotransport vositalari haydovchilari esa qo'shimcha: «Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to'g'risidagi majburiyatnoma»ni; oynalari tusi o'zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositasining majburiy yig'im qabul qilinganligi haqidagi kvitantsiyani. DYHXX xodimlari tomonidan quyidagi hujjatlar planshet orqali tekshiriladi: avtomototransport vositasidan foydalanish va uni tasarruf etish to'g'risidagi ishonchnoma (notarial tartibda tasdiqlangan bo'lsa); avtotransport vositasi oynalarining tusini o'zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma; transport vositasining texnik ko'rikdan o'tganligi to'g'risidagi ma'lumot. Mexanik transport vositasi haydovchisining yonida O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo'lgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjati, transport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo'qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (yuridik shaxs tomonidan berilgan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma yoki yo'l varaqasi, tashilayotgan yukning hujjatlar bundan mustasno), transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisi haydovchidan talab etilmaydi. O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yonida bo'lgan haydovchilarning: haydovchilik guvohnomasi; transport vositasini ro'yxatdan o'tkazganlik to'g'risidagi guvohnomasi; transport vositasiga egalik qilish, egasi yo'qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari; avtotransport vositasi oynalarining tusini o'zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma; transport vositasining texnik ko'rikdan o'tganligi to'g'risidagi ma'lumotni; transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisi planshet orqali tekshiriladi (planshetda aniqlash imkoni bo'lmagan hamda favqulodda holatlar bundan mustasno).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.