Road Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)

45-band. 8-bob. Ogohlantiruvchi va avariya (xavf-xatar) ishoralari — 45-band

Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va to'xtashdan oldin tegishli yo'nalishni ko'rsatuvchi yorug'lik ishoralarini yoqishi, ular bo'lmaganda yoki ishlamaganda qo'l bilan ishoralar berishi shart. Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qo'lni yonga uzatish yoki o'ng qo'lni tirsakdan to'g'ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko'tarish mos keladi. O'ngga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga o'ng qo'lni yonga uzatish yoki chap qo'lni tirsakdan to'g'ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko'tarish mos keladi. To'xtash ishorasi chap yoki o'ng qo'lni yuqoriga ko'tarib beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.