Road Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)

43-band. 7-bob. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari — 43-band

Tartibga soluvchining ishoralari va ko'rsatmalari svetofor ishoralari, yo'l belgilari va chiziqlari talablariga zid bo'lgan hollarda haydovchi, velosipedchi, individual harakatlanish vositasini boshqargan shaxs va piyodalar tartibga soluvchining ishoralari va ko'rsatmalariga amal qilishlari kerak. Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid bo'lgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak. Agar svetoforning ishoralari ishlamayotgan bo'lsa, haydovchi boshqa (ko'ndalang) yo'nalishdagi svetofor ishoralari ishlamayotganligiga ishonch hosil qilganidan so'nggina harakat xavfsizligini ta'minlagan holda harakatni davom ettirishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.