Yo'l harakati ishtirokchilari yo'ldagi boshqa harakat ishtirokchilarining harakatlanishiga to'sqinlik qilmasligi va xavf tug'dirmasliklari kerak.
Tegishli vakolatga ega bo'lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yo'l qoplamasini buzish, o'zgartirish yoki unga zarar yetkazish, ifloslantirish, yo'l belgilarini, svetoforlarni, shuningdek, yo'l harakatini tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o'zboshimchalik bilan olib tashlash, o'rnatish, to'sib qo'yish, shikastlantirish, yo'llarda harakatlanishga to'sqinlik qiluvchi qurilma va narsalarni qoldirish, tegishli ruxsatsiz yo'lning qatnov qismiga to'siqlar o'rnatish yoki ularni to'sib qo'yish, «sun'iy notekislik» qurilmalarini o'rnatish taqiqlanadi.
Harakatlanishga to'sqinlikni yuzaga keltiradigan shaxs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni ko'rishi, agar buning iloji bo'lmasa, mavjud barcha vositalar bilan xavf-xatar haqida yo'l harakati ishtirokchilarini ogohlantirishi va ichki ishlar organlariga (keyingi o'rinlarda — IIO) xabar berishi shart.
lex.uz’dagi asl matnRoad Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)
4-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 4-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.