Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yo'lning qatnov qismida bir qatorda to'rt kishidan ortiq bo'lmasdan, faqat transport vositalarining harakat yo'nalishi bo'ylab o'ng tomondan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, sutkaning qorong'i vaqtida yoki yetarlicha ko'rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko'targan kuzatuvchilar bo'lishi shart.
Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo'lkalaridangina, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan faqat sutkaning yorug' vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.
lex.uz’dagi asl matnRoad Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)
16-band. 4-bob. Piyodalarning majburiyatlari — 16-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.