Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara chiroqlari o'rniga yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak:
yo'l yoritilgan bo'lsa;
qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek, qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini vaqti-vaqti bilan o'chirib-yoqib bunga zarurat borligini bildirgan hollarda undan ham ko'proq masofada;
qarama-qarshi va bir yo'nalishdagi transport vositalari haydovchilarining ko'zini qamashtirishi mumkin bo'lgan boshqa barcha holatlarda.
Ko'zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo'lagini o'zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to'xtashi kerak.
lex.uz’dagi asl matnRoad Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)
135-band. 23-bob. Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish — 135-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.