Individual harakatlanish vositalarini boshqaradigan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
velosipedchilar uchun tasma yoki piyoda va velosiped yo'lkasi mavjud bo'lganda (ularda harakatlanishining imkoni bo'lmagan holatlar bundan mustasno) yo'lning qatnov qismida, yo'l yoqalarida yoki qatnov qismining chetida harakatlanish;
uzunligi yoki kengligi 0,5 metrdan ortiq tashqariga chiqadigan yoki boshqaruvga xalaqit beradigan yuklarni tashish;
piyodalar o'tish joyida harakatlanishi (individual harakatlanish vositalarini yetaklab o'tish holatlari bundan mustasno);
14 yoshdan kichik shaxslarning boshqarishi (turar joy dahalari, istirohat va hayvonot bog'lari, bolalar maydonchalari, ko'ngilochar joylarda hamda yopiq hududlarda boshqarish bundan mustasno);
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ta'sirida yoki o'zgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish;
bir yoki bir nechta individual harakatlanish vositalarini shatakka olish;
tormoz tizimi, rul boshqaruvi, tovushli ishorasi, shuningdek, sutkaning qorong'i vaqtida yoki ko'rinish cheklangan vaziyatlarda nosoz fara chiroqlari yoki fonarlar hamda orqa fara chiroqlari ishlamaydigan yoki nur qaytargichlar bilan jihozlanmagan individual harakatlanish vositalarini boshqarish;
rulni ushlamasdan yoki bir qo'lda ushlab harakatlanish (rul boshqaruvi mavjud bo'lgan individual harakatlanish vositalari uchun);
odam tashish;
telefondan foydalanish.
lex.uz’dagi asl matnRoad Traffic Rules (Cabinet Resolution No. 172, 2022)
12¹-band. 2-bob. Haydovchilarning umumiy vazifalari — 12¹-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.