O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar:
yo'l harakati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yo'l harakati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar loyihalarini o'z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;
yo'l harakati sohasidagi davlat nazoratini o'z vakolatlari doirasida amalga oshiradi;
yo'l harakati sohasidagi tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda ularni o'tkazishga doir uslubiy tavsiyalarni tasdiqlaydi;
umumiy foydalanishdagi yo'llarda yo'l harakati monitoringini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishuvga ko'ra, umumiy foydalanishdagi yo'llarda yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o'rnatish loyihalarini tayyorlaydi, ushbu vositalarni o'rnatish, almashtirish, olib tashlashni va ularga texnik xizmat ko'rsatishni amalga oshiradi;
yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalari joylashuvini yuritadi hamda ularning joylashuvga muvofiqligi va texnik holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
yo'llarning harakat uchun xavfli uchastkalarini aniqlaydi va bunday uchastkalarda yo'l harakatini tashkil etishni takomillashtirish bo'yicha choralar ko'radi;
yo'l harakatini tashkil etish loyihalarining auditini o'tkazadi;
yo'l harakatini tashkil etishda, yo'llardan foydalanishda, shuningdek yo'l harakati ishtirokchilariga logistikani tashkil etish va xizmatlar ko'rsatish chog'ida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
yo'l harakati sohasida band bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;
umumiy foydalanishdagi yo'llar bo'yida joylashgan to'xtab turish joylarining, shu jumladan pulli to'xtab turish joylarining reyestrini yuritadi;
og'ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining harakatlanish yo'nalishlarini belgilaydi, shuningdek yo'l-xizmat ko'rsatish ob'yektlarini joylashtirishni kelishadi;
yo'llarni, temir yo'llar kesishmalarini, shuningdek avtomobillarga yoqilg'i quyish stantsiyalarini hamda yo'l bo'yi hududlarida joylashgan boshqa xizmat ko'rsatish ob'yektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish hamda kapital ta'mirlash loyihalarini yo'l harakatini tashkil etishga oid qism bo'yicha ko'rib chiqadi va kelishadi;
qurilishi (rekonstruktsiya qilinishi) va kapital ta'mirlanishi tugallangan yo'l ob'yektlarini, temir yo'llar kesishmalarini foydalanishga qabul qilish bo'yicha komissiyalarning ishida ishtirok etadi;
temir yo'llar kesishmalaridan foydalanish, ularning ochilishi va yopilishi tartibini belgilaydi;
ekstremal iqlim sharoitlarida, xususan, havo harorati ko'tarilib ketgan sharoitlarda yo'llarning va yo'l sun'iy inshootlarining texnik holatini saqlash maqsadida sutkaning muayyan vaqtida N2, N3 va M3 toifasidagi transport vositalarining harakatlanishini belgilangan tartibda cheklaydi.
O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
9-modda. O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlarning yo'l harakati sohasidagi vakolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.