Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

6-modda. Yo'l harakati sohasidagi davlat boshqaruvi

Yo'l harakati sohasidagi davlat boshqaruvi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yo'l harakati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo'l harakati xavfsizligi xizmati, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat xavfsizligi xizmatining yo'l harakati xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek tuman (shahar) ichki ishlar bo'limlari (ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari) jamoat xavfsizligi xizmatining yo'l harakati xavfsizligi bo'linmalari (bundan buyon matnda Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati deb yuritiladi), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasi yo'l harakati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organlari deb yuritiladi) jumlasiga kiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.