Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

46-modda. Transport vositalarini boshqarish huquqining bekor qilinishi

Transport vositalarini boshqarish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi: haydovchining sog'lig'i transport vositasini xavfsiz boshqarishga monelik qiladigan tarzda yomonlashganligi tibbiy xulosa bilan tasdiqlanganda; haydovchi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilganda. Javobgarlik chorasi sifatida transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga sabab bo'ladigan huquqbuzarliklarning turlari qonunda belgilanadi. Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish sud tomonidan qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.