Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

4-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: yo'l ob'yektlari — yo'lning konstruktiv elementlari bo'lgan yo'l sun'iy inshootlari (ko'priklar, yo'l o'tkazgichlar, osma ko'priklar, quvurlar, tunnellar va boshqa muhandislik inshootlari), himoya qilish inshootlari (yo'llarni qor ko'chkilaridan, yer cho'kishidan, yer ko'chkilaridan himoya qilish qurilmalari va boshqa qurilmalar), shuningdek yo'llarni jihozlash elementlari (to'xtash maydonchalari, yo'lovchilar uchun pavilonlar, dam olish maydonchalari, transport vositalarining to'xtab turish joylari va boshqalar); yo'l egasi — yo'l qaysi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar ixtiyorida bo'lsa, o'sha korxonalar, muassasalar tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar; yo'l harakati — yo'l harakatini tashkil etishda yo'llar doirasida transport vositalari va yo'l harakati ishtirokchilari ishtirokida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar majmui; yo'l harakati ishtirokchisi — yo'l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo'lovchisi yoki piyoda sifatida bevosita ishtirok etayotgan shaxs; yo'l harakati monitoringi — yo'l harakatini tashkil etishning asosiy ko'rsatkichlari to'g'risidagi hamda yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalari holati haqidagi axborotni hisobga olish, umumlashtirish, unga ishlov berish va uni tahlil qilish; yo'l harakatini tashkil etish — yo'l harakatini boshqarish hamda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tashkiliy-huquqiy, tashkiliy-texnik tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui; yo'l harakatini tashkil etish loyihalarining auditi — tashkilotlarning yo'llarni loyihalashtirish (loyihalash tashkilotidan mustaqil ravishda), qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va ulardan foydalanish chog'idagi faoliyati natijalarining yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha normativ-texnik hujjatlarning amaldagi talablariga muvofiqligini tekshirish; yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalari — yo'l harakatini tashkil etish uchun mo'ljallangan qurilmalar va inshootlar (yo'l belgilari, harakatlanish polosalari, svetoforlar, miltillovchi mayoqchalar, yo'l chiziqlari, yo'l ustunlari, to'siqlari, tezlikni cheklovchi qurilmalar, shlagbaumlar, xavfsizlik orolchalari, yo'l harakatini avtomatik boshqarish tizimlari (vositalari), shuningdek boshqa qurilmalar va inshootlar); yo'l harakati xavfsizligi — yo'l harakati ishtirokchilarining yo'l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo'l harakati holati; yo'lning o'tkazuvchanlik qobiliyati — yo'lning muayyan uchastkasidagi bir yo'nalishda transport vositalari harakatlanishi jadalligining eng yuqori ko'rsatkichi; yo'l-transport hodisasi — transport vositasining yo'lda harakatlanishi jarayonida va uning ishtirokida sodir bo'lgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning sog'lig'iga zarar yetkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoxud boshqa moddiy zarar yetkazilgan hodisa; temir yo'l kesishmasi — yo'lning temir yo'llar bilan bir sathda kesishgan joyi; transport vositasi — yo'lovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo'natmalarining yoki maxsus ishlarni amalga oshirish uchun uskunalarning yo'llarda harakatlanishi yoki tashilishi uchun mo'ljallangan qurilma; transport vositalarining to'xtab turish joylari (bundan buyon matnda to'xtab turish joylari deb yuritiladi) — transport vositalarini vaqtincha yoki doimiy saqlash uchun mo'ljallangan, yo'lning kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan uchastkasi, bino, inshoot (ularning bir qismi), maxsus ochiq maydoncha; haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish o'rgatilayotganda o'rgatuvchi shaxs haydovchi deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.