Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

33-modda. Yo'llarda xizmat ko'rsatish ob'yektlarini barpo etish

Yo'llarning egalari xizmat ko'rsatish ob'yektlarini loyihalashtirish normalariga, ularni qurish rejalariga va ularni joylashtirishning bosh sxemalariga muvofiq o'z ixtiyoridagi yo'llarda mazkur ob'yektlarni barpo etish choralarini ko'radi, yo'l harakati ishtirokchilarining ehtiyojlarini qanoatlantirish va ularning xavfsizligini ta'minlash maqsadida xizmat ko'rsatish ob'yektlarining ishini tashkil etadi, yo'l harakati ishtirokchilariga bunday ob'yektlarning mavjudligi hamda eng yaqin sog'liqni saqlash va aloqa muassasalarining joylashuvi haqidagi axborotni, shuningdek yo'llarning tegishli uchastkalarida harakatlanishning xavfsiz sharoitlari to'g'risidagi axborotni taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.