Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati:
yo'l harakati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yo'l harakati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar loyihalarini o'z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;
yo'l harakati to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini o'z vakolatlari doirasida amalga oshiradi;
og'ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining harakatlanish yo'nalishlarini belgilashda ishtirok etadi;
yo'llarni, temir yo'llar kesishmalarini, shuningdek avtomobillarga yoqilg'i quyish stantsiyalarini va yo'llar bo'ylab hamda yo'l bo'yi hududlarida joylashgan boshqa inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish hamda kapital ta'mirlash loyihalarini yo'l harakatini tashkil etishga oid qism bo'yicha ko'rib chiqadi va kelishadi;
qurilishi (rekonstruktsiya qilinishi) va kapital ta'mirlanishi tugallangan yo'l ob'yektlarini, temir yo'llar kesishmalarini foydalanishga qabul qilish bo'yicha komissiyalarning ishida ishtirok etadi;
foydalanishdagi transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradi, transport vositalarining majburiy texnik ko'rigini o'tkazadi (bundan jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan M1 toifasidagi transport vositalari mustasno);
yo'l harakatining monitoringini tashkil etadi va amalga oshiradi;
yo'l harakatini tashkil etish texnik vositalarining texnik holati, shuningdek yo'llarning va temir yo'llar kesishmalarining saqlanishi, ularning yo'l harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yo'l harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo'lmagan yo'llardan va temir yo'llar kesishmalaridan foydalanishni belgilangan tartibda taqiqlaydi;
yo'l harakatini tashkil etish bo'yicha faoliyatni amalga oshiradi;
yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o'rnatish yoki olib tashlash yuzasidan yo'l egalariga ko'rsatmalar kiritadi, ularni bajarish muddatlari va sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yo'lda (yo'lning uchastkasida) transport vositalarining harakatlanishini ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq cheklaydi yoki taqiqlaydi;
yo'l harakati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
yo'llarda va yo'l bo'yi hududlarida ishlarni amalga oshirish bo'yicha tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan takliflarni ko'rib chiqadi;
o'z vakolatlari doirasida davlat organlariga yoki boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o'rnatish va ulardan foydalanishga doir faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish haqida, biron-bir yo'l uchastkasida harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi, Yo'l harakati qoidalarining buzilishiga imkon beruvchi vaziyat yuzaga kelganda kamchiliklarni bartaraf etish to'g'risida bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalar kiritadi, mazkur yozma taqdimnomalarni bajarish choralari ko'rilmagan taqdirda ma'muriy jazolar qo'llaydi;
yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalari loyihalashtirilishini, o'rnatilishini (montaj qilinishini), almashtirilishini, olib tashlanishini tashkil etadi, bu ishlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Toshkent va Nukus shaharlarining, viloyat, tuman (shahar) markazlarining ko'chalarida yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o'rnatishni (montaj qilishni), almashtirishni, olib tashlashni hamda ularga texnik xizmatlar ko'rsatishni amalga oshiradi;
Toshkent va Nukus shaharlarining, viloyat, tuman (shahar) markazlarining ko'chalarida yo'l harakatini tashkil etish texnik vositalarining joylashuvini yuritadi va ularning joylashuvga muvofiqligi hamda texnik holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
transport vositalarining, Yo'l harakati qoidalari buzilishlarining hamda yo'l-transport hodisalarining hisobini yuritadi va ularning ro'yxatga olinishini amalga oshiradi;
milliy haydovchilik guvohnomalarini, avtomototransport vositalari ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomalarni hamda avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini beradi;
ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni o'z vakolatlari doirasida ko'rib chiqadi.
Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
10-modda. Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmatining yo'l harakati sohasidagi vakolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.