Procedure for administrative cases on traffic violations (Cabinet Resolution No. 2240)

36-band. III. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko'rib chiqish — 36-band

Kodeksning 54-moddasi ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida), 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 125¹-moddasining ikkinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128⁶-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo'lmasa va to'xtash yoki to'xtab turish qoidalarining buzilishi yo'l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 131-moddasida, 135-moddasida (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisi, haydovchilarning malaka oshirishdan o'tganligi to'g'risidagi sertifikati yonida mavjud bo'lmaganligi hollari bundan mustasno), 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 194-moddasida (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to'xtatish to'g'risidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositasi ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma'muriy ish ko'rib chiqilgunga qadar ushlab turilishi mumkin. Bunda, ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi ushlab qolinganligi haqidagi ma'lumot bayonnomaga qayd qilinadi va haydovchiga barcha hujjatlari qaytarib beriladi (Kodeksning 131 va 136-moddalari bundan mustasno). Transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan taqdirda transport vositasini ushlagan DYHXX xodimi o'z vakolatlari doirasida haydovchini transport vositasini boshqarishdan chetlatish yuzasidan zarur xatti-harakatlarni amalga oshiradi, ma'muriy bayonnomani rasmiylashtiradi, mazkur Yo'riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani tuzadi. Dalolatnoma uch nusxada tuzilib, birinchi nusxasi transport vositasini jarima maydonchasida saqlash uchun mas'ul bo'lgan shaxsda qoldiriladi, ikkinchi nusxasi bayonnomaga biriktiladi, uchinchi nusxasi huquqbuzarga beriladi. Jarima solish to'g'risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari yo'l harakati qoidalarining buzilishlari bo'yicha jarima solish to'g'risidagi qaror chiqarilgan kundan e'tiboran oltmish kun o'tgach jarima solish to'g'risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar transport vositalarini ushlab turish to'g'risida yozma ko'rsatma beradi va bu haqda DYHXX safdagi Yo'l-patrul xizmati bo'lim-bo'linmalari shaxsiy tarkibi e'tiboriga yetkaziladi. Transport vositasi ushlangan taqdirda faqat mazkur Yo'riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma tuziladi hamda jarima solish to'g'risidagi qaror ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar jarima maydonchasida ushlab turiladi. Dalolatnoma uch nusxada tuzilib, birinchi nusxasi transport vositasini jarima maydonchasida saqlash uchun mas'ul bo'lgan shaxsda qoldiriladi, ikkinchi nusxasi DYHXX xodimida qoladi, uchinchi nusxasi huquqbuzarga beriladi. Transport vositasini olib chiqib ketishga faqat ma'muriy ishni ko'rib chiquvchi mansabdor shaxs tomonidan ruxsat beriladi. Agarda ma'muriy ish bo'yicha hujjatlar vakolati doirasida ko'rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs)ga yuborilgan taqdirda, vaqtinchalik ushlab turilgan transport vositasini qo'yib yuborish ularning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Ma'muriy ishni ko'rib chiqqan DYHXX xodimi mazkur Yo'riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada ruxsatnoma rasmiylashtiradi, imzolaydi va muhri bilan tasdiqlaydi hamda uning birinchi nusxasini huquqbuzarga beradi, ikkinchi nusxasini ma'muriy bayonnomaga (jarima solish to'g'risidagi qarorga) tikib qo'yadi. Transport vositasini jarima maydonchasiga qo'yish hamda chiqarish sud yoki DYHXX xodimi qarori (qo'yishda — bayonnoma, chiqarishda — ruxsatnomasi) asosida «E-maʻmuriy ish» tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Jarima maydoniga qo'yilayotgan hamda chiqarilayotgan avtomototransport vositasi haqidagi ma'lumotlar jarima maydonining mas'ul xodimi tomonidan ejarima.uz veb-saytiga kiritilishi shart. Bunda, jarima maydonining mas'ul xodimi avtomototransport vositasini jarima maydoniga qo'yishda ejarima.uz veb-sayti orqali o'z shaxsiy kabinetidan foydalangan holda uning davlat raqamini kiritganda, avtomototransport vositasining asosiy rekvizitlari avtomatik ravishda to'ldiriladi, avtomototransport vositasining holati va boshqa tegishli rekvizitlari esa qo'shimcha tarzda kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.