Vakolati doirasida ma'muriy ishlarni ko'rib chiquvchi organlarga ma'muriy ishlar bir ish kun ichida «E-maʻmuriy ish» tizimi orqali yuboriladi.
Ma'muriy ish bo'yicha hujjatlarning kirimi va chiqimi hujjatlarni hisobga olish kitobiga qayd etiladi. Hujjatlarni hisobga olish kitobini yuritish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ma'muriy bayonnomani rasmiylashtirgan mansabdor shaxs Kodeksga asosan mazkur ma'muriy ishni ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan taqdirda, ishni olgan kundan boshlab o'n besh kunlik muddat ichida ko'rib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi va bu haqda fuqaroni xabardor etadi yoki qaror nusxasi u chiqarilgan paytdan boshlab uch kun ichida pochta xizmati orqali fuqaroning yashash manziliga yuboradi.
Huquqbuzar ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarorni ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali olishi ham mumkin.
Agar huquqbuzar o'ziga nisbatan chiqarilgan ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarordan norozi bo'lgan va sudga murojaat qilgan taqdirda, vakolatli organ ma'muriy ish hujjatlarini «E-maʻmuriy ish» tizimi orqali tegishli sudga yuborilishini ta'minlaydi.
lex.uz’dagi asl matnProcedure for administrative cases on traffic violations (Cabinet Resolution No. 2240)
32-band. III. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko'rib chiqish — 32-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.