Haydovchilik guvohnomasi yoki talonining dublikati berilgandan so'ng eski haydovchilik guvohnomasi yoki taloni kelib tushgan taqdirda ular belgilangan tartibda DYHXXning ro'yxatlash va imtihon olish bo'limlari yoki tumanlararo ro'yxatlash va imtihon olish bo'linmalari (keyingi o'rinlarda RIB (TRIB) deb yuritiladi) tomonidan yo'q qilinadi.
Vaqtinchalik ruxsatnoma yo'qotib qo'yilgan taqdirda ishni ko'rib chiquvchi mansabdor shaxs huquqbuzardan bu haqda tushuntirish xati oladi. Huquqbuzar haydovchilik guvohnomasi va taloni olib qo'yilishi bilan bog'liq huquqbuzarlik uchun belgilangan jarimalarni to'lagan taqdirda uning murojaat etgan kunidan boshlab 15 kundan so'ng haydovchilik guvohnomasi, taloni qaytarib beriladi.
lex.uz’dagi asl matnProcedure for administrative cases on traffic violations (Cabinet Resolution No. 2240)
24-band. II. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish — 24-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.