Procedure for administrative cases on traffic violations (Cabinet Resolution No. 2240)

12-band. II. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish — 12-band

DYHXX xodimi tomonidan ma'muriy ish yuritishda planshetdan foydalangan holda audio, videoyozuvlardan hamda fotosuratlardan, shuningdek, boshqa ma'lumotlardan (texnik ekspertiza xulosasi, o'lchash vositalarining dalolatnomalari va boshqa maxsus hujjatlar) iborat hujjatlar elektron shaklda qayd etilishi mumkin. Agar fuqaro o'zi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e'tiroz bildirib, ma'muriy bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda planshetdan foydalangan holda ma'muriy bayonnomaga yozib qo'yiladi. Huquqbuzar ma'muriy bayonnomaning mazmuni yuzasidan unga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqli. Bunda, DYHXX xodimi tomonidan guvohlar va (yoki) xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi hamda huquqbuzarlik aniqlangan kunda pdf formatida skaner qilingan holda belgilangan tartibda «E-maʻmuriy ish» tizimiga kiritiladi. Fuqaro ma'muriy bayonnomani imzolashdan hamda bu haqda izoh berish yoki tushuntirish berishdan bosh tortgan hollarda ma'muriy bayonnoma guvohlar va (yoki) xolislar ishtirokida rasmiylashtiriladi. Bunda, mazkur talablarga rioya qilinmasdan rasmiylashtirilgan ma'muriy bayonnoma DYHXXning ma'muriy amaliyot inspektori tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.