Huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolisga tegishli bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlarning (familiyasi, ismi, otasining ismi va tug'ilgan sanasi) planshet yoki kompyuter orqali elektron shakldagi ma'muriy bayonnomaga to'g'ri kiritilishiga DYHXX xodimi mas'ul hisoblanadi.
Bunda, DYHXX xodimi huquqbuzar, shuningdek guvohlar, xolislar va jabrlanuvchilarga elektron shakldagi ma'muriy bayonnomani o'zlarining elektron grafik imzosi yoki barmoq izi bilan tasdiqlashni taklif etadi.
Agar huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolis O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmasa yoki identifikatsiya tizimlari yordamida ularning shaxsini aniqlashning imkoni bo'lmasa, ularning yonida ma'lumotlar bazasiga kiritilmagan chet el pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjud bo'lgan taqdirda, DYHXXning xodimi ushbu hujjatlarga asosan shaxsga doir ma'lumotlarni elektron tizimga qo'lda kiritadi hamda uning to'g'ri kiritilishiga shaxsan javob beradi.
lex.uz’dagi asl matnProcedure for administrative cases on traffic violations (Cabinet Resolution No. 2240)
10-band. II. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish — 10-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.