Nizomga 1-ilovadagi dalolatnoma uch nusxada tuzilib, uning birinchi nusxasi ― transport vositasini vaqtincha saqlash uchun mas'ul bo'lgan shaxsda, ikkinchi nusxasi ― chiqish bojxona posti ish yurituvida qoladi, uchinchi nusxasi esa transport vositasining haydovchisiga yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxsga beriladi.
Nizomga 2-ilovadagi dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, uning birinchi nusxasi ― chiqish bojxona posti ish yurituvida qoladi, ikkinchi nusxasi esa transport vositasining haydovchisiga yoki uni amalda olib chiqayotgan boshqa shaxsga beriladi.
Dalolatnomalar uni to'ldirgan davlat bojxona xizmati xodimi imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi va bu to'g'risida DBQ YaAATga tegishli ma'lumotlarni kiritadi.
Dalolatnomalar hisobi DBQ YaAATda yuritib boriladi.
lex.uz’dagi asl matnMeasures to ensure compliance with traffic rules (Cabinet Resolution No. 463, 2020)
16-band. 2-bob. Yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarimani undirish — 16-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.