Yer kodeksi

88-modda. Qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o'rnini qoplash tartibida tushadigan mablag'lardan foydalanish

(88-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 24 июлдаги ЎРҚ-487-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 25.07.2018 й., 03/18/487/1569-сон)

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o'rnini qoplash tartibida tushadigan mablag'lardan quyidagi mo'ljallangan maqsadga ko'ra foydalaniladi: yangi yerlarni o'zlashtirish va sug'oriladigan yerlarni kompleks rekonstruktsiya qilish; tuproq hosildorligini oshirish, qishloq xo'jalik yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo'yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sug'oriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan ta'minlanish darajasini oshirish; pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash; yer tuzish, yer kadastri, yer monitoringi va tuproq jihatidan izlanishlar olib borish bo'yicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish; avtomatlashtirilgan yer-axborot tizimlarini yaratish. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan mablag'lardan viloyat hokimining qaroriga binoan qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtirishni ko'paytirishga, qishloq xo'jalik yerlaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin. O'rmon xo'jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o'rnini qoplash tartibida tushadigan mablag'lar alohida hisobga olib boriladi hamda ulardan o'rmonlar va o'rmon mevali daraxtzorlarni barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirg'oq bo'yi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek o'rmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.