Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag'batlantirish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlarining tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan bo'lib, o'z ichiga quyidagilarni oladi:
yangi o'zlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida turgan mavjud sug'oriladigan yerlarga qonunchilikda belgilangan tartibda yer solig'i bo'yicha imtiyozlar berish;
yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo'yicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga kam chiqit va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlar berish;
yerlarning sifatini yaxshilashni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy etishni, qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarning unumdorligini oshirishni, ekologik sof mahsulot yetishtirishni rag'batlantirish;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo'lmagan holda buzilgan yerlarni qayta tiklash uchun, zarurat bo'lgan taqdirda, respublika byudjetidan yoki mahalliy byudjetdan mablag'lar ajratish, agrotexnika, o'rmon melioratsiyasi tadbirlari va tuproqni himoya qilish yuzasidan boshqa tadbirlar o'tkazish;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo'lmagan holda buzilgan yer uchastkalarini vaqtincha konservatsiya qilish natijasida ulardan keladigan daromadning kamayishini davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qisman qoplash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tadbirlar.
Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag'batlantirish bilan bog'liq tadbirlarni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
82-modda. Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag'batlantirish
(82-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-871-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.10.2023 й., 03/23/871/0797-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.