Yer kodeksi

69-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlarning tarkibi

(69-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 6 июндаги ЎРҚ-775-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.06.2022 й., 03/22/775/0477-сон)

Sanoat maqsadlariga mo'ljallangan yerlar jumlasiga sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun berilgan yerlar kiradi. Transport maqsadlariga mo'ljallangan yerlar jumlasiga temir yo'l, ichki suv transporti, avtomobil, havo va quvur transporti, kommunal xo'jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar, shu jumladan avtomobil yo'llari va temir yo'llar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya ob'yektlari hamda aviatexnika markazlari, temir yo'l transporti ob'yektlari, ko'priklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimlarining muhandislik ob'yektlari va tarmoqlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashgan yerlar, shuningdek transport ob'yektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash, takomillashtirish (obodonlashtirish) va rivojlantirish uchun berilgan yerlar kiradi. Aloqa maqsadlariga mo'ljallangan yerlar jumlasiga aloqa liniyalarini va ularda tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televideniye hamda axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga berilgan yerlar, shuningdek kosmik faoliyat ob'yektlarini joylashtirish uchun berilgan yerlar kiradi. Transport maqsadlariga mo'ljallangan yerlarga, kabel, radiorele va aloqa havo liniyalari va elektr uzatish liniyalari o'tgan yerlarga tutash yerlarda qonunchilik bilan belgilanadigan tartibda muhofaza zonalari o'rnatiladi. Qurolli Kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yo'l qo'shinlarining harbiy qismlari, harbiy o'quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashuvi hamda doimiy faoliyati uchun berilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun mo'ljallangan yerlar deb e'tirof etiladi. Boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanib kelayotgan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo'ljallangan va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, shuningdek o'rmon va suv fondlari yerlari tarkibiga kirmagan qolgan barcha yerlar kiradi. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlardan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.