Aholi punktlarining chegarasi — shahar, posyolka, qishloq aholi punkti yerlarining tashqi chegaralari bo'lib, ular ana shu yerlarni boshqa yerlardan ajratib turadi.
Aholi punktlarining chegarasini belgilash tasdiqlangan shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Aholi punktlarining chegarasi yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarining chegaralari bo'yicha belgilanishi lozim.
Shahar atrofi zonalari shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy va xo'jalik hududini tashkil etuvchi shahar chegarasidan tashqaridagi yerlarni o'z ichiga oladi. Shahar atrofi zonalarida shahar atrofidagi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi hududi, aholi dam olish zonalari, shaharni rivojlantirish uchun zaxira yerlar ajratiladi.
Shahar atrofi zonalarining chegaralari va huquqiy rejimi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
60-modda. Aholi punktlarining chegarasi. Shahar atrofi zonalari
(60-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.