Yer kodeksi

43-modda. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarning tarkibi

(43-модданинг иккинчи ва учинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1062-сонли Қонунига асосан иккинчи — бешинчи қисмлар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1062/0410-сон)

Qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun berib qo'yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar hisoblanadi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar: foydalanish turiga ko'ra — qishloq xo'jaligi yerlariga va qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi yerlarga; suv bilan ta'minlanish darajasiga ko'ra — sug'oriladigan yerlarga va sug'orilmaydigan yerlarga bo'linadi. Qishloq xo'jaligi yerlari haydaladigan yerlarga (sug'oriladigan va lalmi ekin yerlari), ko'p yillik dov-daraxtlar (bog'lar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt ko'chatzorlar va boshqa ko'p yillik dov-daraxtlar) egallagan yerlarga, tashlandiq yerlarga, pichanzorlarga va yaylovlarga bo'linadi. Qishloq xo'jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim. Qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi yerlar ihota daraxtzorlari, ichki xo'jalik yo'llari, kommunikatsiyalar, suv havzalari, suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalari, qishloq xo'jaligida foydalaniladigan binolar va inshootlar egallagan yerlarga bo'linadi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan sug'orilmaydigan yerlarda ichki xo'jalik yer tuzish loyihasiga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo'lgan ob'yektlarni joylashtirishga (qurishga) yo'l qo'yiladi. Bunda mazkur yerlar ichki xo'jalik yer tuzish loyihasiga asosan qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi yerlar sifatida hisobga olinadi. Agar qonunchilikda boshqacha hollar nazarda tutilmagan bo'lsa, yer fondining boshqa toifalariga taalluqli bo'lgan yerlar tarkibidagi haydaladigan yerlar, ko'p yillik dov-daraxtlar, tashlandiq yerlar, pichanzorlar va yaylovlar davlat yer kadastrida qishloq xo'jaligi yerlari sifatida hisobga olinadi hamda maxsus muhofaza qilinadi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni qishloq xo'jaligidan o'zga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga o'tkazishga alohida hollarda ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yo'l qo'yiladi. Qishloq xo'jaligi yerlarini irrigatsiya suvdan foydalanish va suv iste'moli tizimiga asoslangan sun'iy sug'orish qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi va yerlardan samarali foydalanish hamda ularning unumdorligini oshirish shartidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.