Yer kodeksi

38-modda. Yer to'g'risidagi qonunchilik buzilganda yer uchastkasini olib qo'yish

(38-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer to'g'risidagi qonunchilik buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin tuman, shahar hokimiga yer uchastkasini olib qo'yish haqida taqdimnoma kiritadi. Tuman, shahar hokimi taqdimnoma asosida bir oylik muddatda uni olib qo'yish haqida sudga da'vo arizasi kiritadi. Tuman, shahar hokimi, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qo'shimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli. Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda, Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga bo'lgan huquqni bekor qilish haqida sudga da'vo arizasi kiritadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.