Davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilishi mumkin. Bunda qishloq xo'jaligi oborotidan chiqib ketgan sug'oriladigan yerlar va lalmi yerlar O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda qishloq xo'jaligi korxonalariga uch yildan kam bo'lmagan va qirq to'qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, yaylovlar, bo'z yerlar, ko'p yillik dov-daraxtlar O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xo'jaligi korxonalariga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi rezidentlari bo'lgan investorlarga o'ttiz yil muddatga, ushbu Kodeksning 46¹-moddasida belgilangan o'lchamlarda ijaraga berilishi mumkin.
O'rmon fondining foydalanilmayotgan (o'rmon bilan qoplanmagan) yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auktsion orqali ijaraga berilishi mumkin.
Davlat organlariga, muassasalariga, korxonalariga va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar:
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimning amal qilish muddatiga — xususiy sherikka;
ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun ijtimoiy sheriklik to'g'risidagi bitimlar va shartnomalarning amal qilish muddatiga — nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga;
jamoat ehtiyojlari uchun boshqa yuridik shaxslarga;
yengil turdagi ob'yektlarni joylashtirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishga ulardan ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini saqlab qolish sharti bilan yo'l qo'yiladi. Bunda mazkur tartib ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishda, shu jumladan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda, taraflarning huquqlari va majburiyatlarini belgilashda, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berish shartlari va tartibi qo'llaniladi.
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
24¹-modda. Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarining ijarasi
(24¹-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1061-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1061/0409-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.